Yirik biznes dastur va Xalqaro “TatOilExpo” koʻrgazmasi rejalashtirilgan ushbu koʻrgazmada Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “Oʻzbekneftgaz” AJ xodimlari ham ishtirok etyapti.
Rossiya va Markaziy Osiyo neft-gaz sanoati yetakchi mutaxassislarining ekspozitsiyalarini birlashtirgan ushbu Xalqaro koʻrgazmada gaz va neft uskunalari ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilari, neft korporatsiyalari va xoldinglari, neft va gazni qazib olish, qayta ishlash korxonalari, neftga xizmat koʻrsatish hamda qidiruv kompaniyalar qatnashyapti.
“Oʻzbekneftgaz” AJ, Innopolis universiteti neft va gaz texnologiyalari markazi, Skolkovskiy fan va texnika instituti, “Ideya” innovatsion va ishlab chiqarish texnoparki, “XK Kama-Traks” MCHJ, “PK POLIGRAN” MCHJ, “Torgovo” MCHJ, “MTZ-Tatariston ishlab chiqarish kompaniyasi”, “Sinergiya Texnologiya” MCHJ, Tatariston Respublikasi “Farmedpolis” tibbiy sanoat parki, “Kazanskiy zavod sinteticheskogo kauchuka” AJ, “Eko-trans” MCHJ, “Treyd Injiniring” MCHJ, “PROMTEX”, Mashinasozlik klasteri, YEIZ “Innopolis”, “Zavod Sokol” MCHJ, Kuybishevskaya temir yoʻli – “Rossiya temir yoʻllari” AJ filiali, “Quduqlarni ishlatishning yangi texnologiyalari” MCHJ NPO va shu kabi boshqa kompaniyalar oʻzlarining ishlab chiqarish imkoniyatlariyei namoyish etyapti.
Ushbu tadbirga tashrif buyurgan Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov Oʻzbekiston tomonining koʻrgazmalari bilan tanishib chiqdi va oʻz navbatida “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi bilan neft-gaz sohasida suhbatlashdi.
Ushbu Forum davomida Rossiyaning yoqilgʻi-energetika kompleksining rivojlanishini muhokama qilinishi barobarida, suyuqlik va gazlar oqimi tezligi, uning miqdorini oʻlchashni metrologik qoʻllab -quvvatlash, sanoat ekologiyasi, geodeziya hamda geoinformatsion tizimlarning dolzarb masalalari koʻrib chiqilyapti.
Taʼkidlash kerakki, 1-sentyabrda Biznes dasturi doirasida CREON Conferences tomonidan “Kazan Ekspo” notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Poleolefinlar 2021” XVIII xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtadi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.
Eslatib oʻtamiz, tadbir davomida Rossiya poliolefin bozori qanday rivojlanishi haqida muhokamalar oʻtkaziladi.
Konferensiyaning asosiy mavzulari:
- jahon va ichki poliolefin bozorlarining analitik tahliliy sharhi;
- narxlar oʻynashi — bozor narxlarini ushlab turishning mumkin boʻlgan mexanizmlari;
- Rossiya Federatsiyasi va MDH davlatlari hududida yangi loyihalarni koʻrib chiqish;
- poliʼtilen va polipropilenni ikkilamchi qayta ishlash;
- poliolefinlar bozorini qayta yoʻnaltirish: istiqbolli isteʼmol segmentlari.