“Oʻzbekneftgaz” AJ oʻz tarixida ilk bor “Barqaror” prognozi bilan “BB-” xalqaro kredit reytingiga ega boʻldi

    Sanoat 22 Oktabr 2021 595

    Oʻzbekiston neft va gaz tarmogʻida eng yirik ishlab chiqaruvchi boʻlgan— “Oʻzbekneftgaz” AJ “S&P Global Ratings”ning “BB-” darajasidagi “Barqaror” prognozi bilan uzoq muddatli xalqaro kredit reytingini oldi.

    Kredit reytingi - reyting agentligining qarzdorning umumiy kredit layoqati yoki kredit oluvchining aniq qarzdorlik majburiyatlari boʻyicha xavf omillarini baholashga asoslangan fikri.

    2021-yil 30-sentyabr kuni “S&P Global Ratings” agentligi “Oʻzbekneftgaz” AJga ilk marta xalqaro kredit reytingini taqdim etdi.

    Taʼkidlash joizki, 2021-yil fevral oyida “Oʻzbekneftgaz” AJ reyting agentliklaridan xalqaro bozorga bosqichma-bosqich kirish uchun xalqaro kredit reytingini olish ishlarini boshlagan edi.

    Amalga oshirilgan ishlar natijasida va “Oʻzbekneftgaz” AJning kredit qobiliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida “S&P Global Ratings” qoʻmitasi tomonidan uzoq muddatli kredit reytingi (VV-/Barqaror) berildi, ushbu reyting Oʻzbekiston Respublikasining suveren reytingiga mos keladi.

    Maʼlumot uchun: “BB” – kredit xavflari mavjud boʻlishi mumkin ekani, biroq kompaniya investorlar va kreditorlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajarisha olishini bildiradi.

    “Oʻzbekneftgaz” AJ faoliyatining asosi uglevodorodlarni qazib olish, neft mahsulotlari, tabiiy gaz va polimerlarni saqlash, qayta ishlash va sotish hisoblanadi.

    Bugungi kunda hukumat qaroriga muvofiq, “Oʻzbekneftgaz” AJ kompaniyani jahonning yetakchi neft-gaz kompaniyalari tomonidan qabul qilingan biznes yuritishning eng yaxshi amaliyot va standartlari asosida ish olib borishi boʻyicha faol ish olib bormoqda.

    Shuningdek, “Oʻzbekneftgaz” AJ Oʻzbekiston Respublikasi uchun strategik ahamiyatga ega kompaniya hisoblanadi. Kompaniya sanoat sektorini rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshmoqda va Oʻzbekiston Respublikasi byudjetiga ikkinchi eng yirik soliq toʻlovchilardan biri hisoblanadi.

    Hisobotga koʻra, agentlik “Oʻzbekneftgaz” AJni Oʻzbekiston hukumati uchun eng muhim davlat korporatsiyalaridan biri sifatida baholaydi, bu esa milliy iqtisodiyot uchun gaz va suyuq uglevodorodlarni nisbatan past tariflarda yetkazib berishini aks ettiradi.

    Shuningdek, ushbu reyting tahlilchilarning kompaniyaning milliy iqtisodiyotdagi muhim roliga koʻra, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash ehtimoli nisbatan yuqori boʻlishini bildirgan.

    Agentlik taʼkidlashicha, kompaniya yirik kapital investitsiya dasturini moliyalashtiradi va GTL zavodini ortiqcha xarajatlarsiz muvaffaqiyatli ishga tushiradi.

    “Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati