“Oʻzbekneftgaz” AJ Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Qulbeshkak” gazkondensat konidagi 68-sonli quduqda olib borilgan burgʻilash ishlari ham muvaffaqiyatli yakunlandi.
Quduqda burgʻilash ishlari tugatilgach, 1886-1883m, 1881-1878m va 1870-1866 metr oraliqlarida perforatsiya ishlari olib borildi.
Burgʻulash ishlari “Oʻzneftgaz burgʻulash ishlari” MCHJ mutaxassislari tomonidan olib borildi.
Quduqni oʻzlashtirish ishlaridan soʻng, kunlik 70 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.
Maʼlumot uchun: “Qulbeshkak” koni Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida joylashgan boʻlib 2008-yildan buyon ishlatilib kelinmoqda. Hozirda quduqni Uchqir gazni qayta ishlash zavodining quvuriga ulash ishlari olib borilmoqda.