“Humo arena” bugun oʻzbek boksining muzeyiga aylandi deyish mumkin. Foyelar va tashqarida ushbu sportga oid atributlar, oʻzbek boksining shonli tarixi, uning yulduzlari haqida maʼlumotlar joylangan taqdimotlarni koʻrish mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Vazirining oʻrinbosari Aziz Abduhakimov, yurtimizda boʻlib turgan Xalqaro boks assotsiatsiyasi prezidenti Umar Kremlyov, Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti Anas Alotayba ushbu kechaning faxriy mehmonlaridan boʻlishdi. Mutasaddilar janglar avvalida “Humo arena”ni aylanib, sharoitlar bilan tanishib chiqdilar, deb xabar beradi Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi.
Ochilish marosimida Aziz Abduhakimov soʻz olib, yurtimizda Prezidentimiz boshchiligida sportga, xususan, boksga qaratilayotgan eʼtibor borasida alohida toʻxtalib oʻtdi.Taʼkidlash joiz, ushbu nufuzdagi musobaqa Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor tashkil qilindi.
Janglarni Iqboljon Xoldorov oʻzining chiroyli nokauti bilan boshlab berdi. Shundan soʻng Sanjar Tursunov, Mirazizbek Mirzahalilov, Hasanboy Doʻsmatov, Bahodir Jalolov, Isroil Madrimov, Shahram Gʻiyosov va yakunda Murodjon Ahmadaliyev ham oʻz gʻalabalari bilan millionlab hamyurtlarimizni xushnud qilishdi. Markaziy jangda WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyevning nokauti barchani yana-da ruhlantirdi, deyish mumkin. Bugungi jang natijalari bilan tanishing:
Iqboljon Xoldorov – Kulva Bushiri (Tanzaniya) – nokaut
Sanjar Tursunov – Ivan Yuxta (Ukraina) – yaqqol ustunlik
Mirazizbek Mirzaxalilov – Tasha Mjuaji (Tanzaniya) – nokaut
Hasanboy Doʻsmatov – Muhsin Kizota (Tanzaniya) – nokaut
Bahodir Jalolov – Kristaps Zuis (Latviya) – nokaut
Isroil Madrimov – Emmanuyel Kalombo (Kongo) – yaqqol ustunlik
Shahram Gʻiyosov – Patrisio Lopes Moreno (Meksika) – nokaut
Murodjon Ahmadaliyev – Ryosuke Ivasa (Yaponiya)