Umumiy byudjetga kelib tushgan soliq tushumlardan Milliy aloqa operatoring ulushi 2 foiza teng keldi. Bu esa “Oʻzbektelekom” AK ning mahalliy AKT bozorida ahamiyatli oʻrnini egallashda va davlat rivojiga munosib hissani qoʻshishdan dalolat beradi.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, oʻtgan 2020-yil yakunlariga koʻra, respublika miqyosida jami soliq tushumlari miqdori 103,6 trillion soʻmni tashkil etgan. Shundan 67,7 trillion soʻm miqdordagi soliq tushumlari aynan yirik soliq toʻlovchilar tomonidan amalga oshirilgan.