Nodir Miraxmedov «O'zbekzargarsanoati» uyushmasi raisning birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi

Miraxmedov Nodir Turgunovich 1974 yil Toshkent shahrida tug'ilgan. 1996 yil Toshkent Davlat SHarqshunoslik institutining Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakul`tetini, 2004 yil O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

U shu vaqtga qadar «O'zbekzargarsanoati» uyushmasi raisi o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Komila Negmatova «O'zbekzargarsanoati» uyushmasi rais o'rinbosari lavozimiga tayinlandi

 Negmatova Komila Sayibjanovna 1975 yil Toshkent shahrida tug'ilgan. 2002 yil Toshkent moliya institutini bakalavr, 2009 yil Toshkent Davlat Texnika universitetini magistraturasini tamomlagan.

U shu vaqtga qadar Toshkent davlat texnika universiteti Fan va taraqqiyot davlat unitar korxonasining «kompozitsion materiallar» laboratoriya mudiri lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.