Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligining bosh kardiologi Sergey Boysovnig xabar berishicha, niqob taqib yurishdan voz kechish bu odamlarning koronavirus boʻyicha chegaralanishlarni bekor qilish jarayonidagi asosiy xatolardan biri sanaladi.

Mutaxassisning fikricha, aynan niqob infeksiyaning tarqalishini kamaytirish imkonini beradi. Shifokor, shuningdek jamoat joylarda individual himoya vositalaridan foydalanishni atrofdagilarga hurmat belgisi deb ham atadi.

Undan tashqari Boysov oʻzboshimchalik bilan davolanish xavfiga ham eʼtibor qaratdi. U shifokor maslahatisiz bir qator dori vositalarini qabul qilish jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkinligiga aniqlik kiritdi. Xususan, gemmorogik insult kelib chiqishi yoki oshqozon-ichak tizimida qon ketish xavfi yuzaga kelishi mumkinligiga, deb xabar beradi AIF.ru

Shu bilan birga Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni sakkiz hafta davomida uzluksiz kamayib boryapti. Yaqin oʻtgan kunlar ichida mamlakatda 5 427 yangi kasallik yuqtirish holati aniqlangan.

Oʻz oʻrnida shifokor va teleboshlovchi Yelena Malыsheva kimlarga niqob taqish taʼqiqlanishi haqida hikoya qilib bergan.