Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarini rasmiylashtirish uchun toʻlov miqdori maʼlum qilindi

    “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslardan bir martalik toʻlov belgilangan toʻlovning ellik foizi miqdorida undiriladi.

    Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari, Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida, viloyatlar boʻysunuvidagi boshqa shaharlarda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, boshqa aholi punktlarida bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlov qilinadi.

    Shuni ham aytish joiz, bir martalik toʻlovni toʻlashdan quyidagi shaxslar ozod etiladi. Xususan, bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yigʻimni toʻliq toʻlagan shaxslar, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslardan bir martalik toʻlov belgilangan toʻlovning ellik foizi miqdorida undiriladi.

    Agar bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni eʼtirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha tuman-shahar komissiyalari tomonidan shaxsning oʻzboshimchalik bilan qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini eʼtirof etish mumkin deb topish belgilangan xulosasiga asosan dalolatnoma shakllantirilgan, biroq bir martalik yigʻim undirilmagan yoki toʻliq hajmda undirilmagan boʻlsa, u holda bir martalik toʻlov ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq undiriladi. Bunda bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida undirilgan bir martalik yigʻim summasi inobatga olinadi.

    Eslatib oʻtish oʻrinli, bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida toʻlangan bir martalik yigʻim va ushbu qonun doirasida undiriladigan bir martalik toʻlov oʻrtasidagi farq qaytarilmaydi.