Maqsad mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tayyor charm, poyabzal, mo‘yna va qorako‘l, attorlik buyumlarining yevropa bozoriga eksportini yanadan kengaytirish va yeIning salohiyatli kompaniyalari bilan invest loyihalarni amalga oshirishdir.

Xalqaro ko‘rgazma doirasida uyushma vakillari qator samarali muzokarlar va uchrashuvlar o‘tkazdi. Xususan, Polsha poyabzal va charm kengashi prezidenti Marek Goretski bilan uchrashuv chog‘ida mamlakatimizning ishlab chiqarish salohiyati, investorlarga yaratilgan sharoit, soliq va bojxona tizimidagi islohotlar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan ayollar va bolalar poyabzallarini Polshaga eksportni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bildirilgan tashabbuslar mahokama etib olindi.

Shuningdek, mazkur kengashga a’zo yirik kompaniyalar kapitali asosida respublikamizdning 16 ta hududida tashkil etilgan kichik sanoat zonalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar o‘rganildi. Polsha poyabzal va charm kengashi prezidenti o‘z navbatida O‘zbekistondagi dinamik iqtisodiy o‘sish va charmsanoat sohasidagi islohotlar natijasida yangi bozorlarda mamlakatimiz mahsulotlariga talab ortayotganini ma'lum qildi.

Shu bois, ko‘rgazmalar bilan bog‘liq faoliyatda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish taklifini bildirdi. Shu maqsadda «O‘zcharmsanoat» uyushmasi hamda Polsha poyabzal va charm kengashi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shuningdek, ko‘rgazma doirasida Polsha poyabzal ishlab chiqaruvchilar uyushmasi raisi Karol Kudra bilan ham muloqotlar o‘tkazildi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, eksport-import masalalarida muzokaralar o‘tkazildi. Bundan tashqari, uyushma raisi kuzda Toshkentda bo‘lib o‘tadigan «UzCharmexpo» xalqaro ko‘rgazmasida Polsha milliy stendi bilan ishtirok etishini ma’lum qildi.

«Polshoes Footwear Days» xalqaro ko‘rgazmasi doirasida Uyushma delegatsiyasi yevropaning ko‘plab ishlab chiqarish korxonalari bilan muzokarlar o‘tkazib, manfaatli kelishuvlarga erishdi, deb xabar beradi «O‘zcharmsanoat» uyushmasi matbuot xizmati.