Poyabzal ishlab chiqarishda moda va dizayn tez oʻzgarmoqda. Korxonalarimiz hozirdan zamon talabiga mos holda ishlamasa, nafaqat tashqi, balki ichki bozorda ham raqobat qila olmasligi taʼkidlandi.

Lekin “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi rahbariyati sohaga yangilik olib kirmagani, pastga tushib ishlamagani tanqid qilindi.

Poyabzal ishlab chiqaradigan 972 ta korxonadan 378 tasi faoliyatini toʻxtatgan boʻlsa, yana 120 tasi quvvatini yarmidan ham foydalanmayapti. Qolip, bogʻich, furnitura boʻyicha haligacha importga bogʻliqlik bor.

Oqibatda oʻtgan yili eksport boʻyicha vaʼda qilgan 250 million dollarning 40 foizi ham taʼminlangani yoʻq. Uyushmaning bu yilgi ishlab chiqarish va eksport rejasi ham qoniqarsiz ekani koʻrsatib oʻtildi.

Shu munosabat bilan “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi A.Sultonovni lavozimidan ozod etishga koʻrsatma berildi.