Dunyoning 50 ga yaqin davlatidan 500 ga yaqin brend ishtirok etayotgan mazkur koʻrgazmada «Oʻzcharmsanoat» uyushmasiga aʼzo yigirmata korxonalar oʻzlarining 200 turdagi mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. Xususan, koʻrgazmadan erkaklar va ayollar poyabzallari, charm kiyimlar, mudofaa xodimlari uchun maxsus kiyimlar hamda charm attorlik buyumlari oʻrin olgan.
Uyushma mutasaddilari Moskva, Xitoy, Turkiya, Fransiya va boshqa davlatlar bilan hamkorlikni kengaytirish yuzasidan muzokaralar olib bormoqda.
Koʻrgazma 2-sentyabrgacha davom etadi.
Feruza Muxtorovna