“Oʻzeltexsanoat” uyushmasining faoliyatini tubdan oʻzgartirish kerakligi aytildi

    Yigʻilishda tarmoq rahbarlari va hokimlarga yirik korxonalar bilan cheklanmasdan, sohadagi barcha tadbirkor bilan ishlashni oʻrganishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

    Xususan, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan tovarlarni aniqlash, ular boʻyicha loyiha qilib, tadbirkorlarga berish; sohadagi standartlarni xalqaro talablarga moslab, tadbirkorlarga joriy qilish va sertifikat olishda koʻmaklashish uyushmaning asosiy vazifalari boʻlishi zarur.

    Shuningdek, injener-texnolog va oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash boʻyicha oliygoh va texnikumlarga buyurtma berish, ularning dasturlarini birgalikda ishlab chiqish; mahalliy korxonalardagi istiqbolli mutaxassislarni xorijiy ilgʻor kompaniyalarga stajirovkaga joʻnatish uyushma faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻlishi lozim.