Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo'shko'pir tuman bo'limi tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarining qonuniy huquq va manfaatlari himoyasini ta'minlash yuzasidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «Qo'shko'pir non» UK sobiq rahbari R.R. tomonidan “M.F.” XK o'rtasida tuzilgan shartnomaga asosan 197,6 mln so'mlik 189,1 tonna omuxta em mahsulotlarini sotish maqsadida olib, mahsulotlarni sotishdan tushgan 188,6 mln so'm naqd pul mablag'larini korxonaga kirim qilmasdan, juda ko'p miqdordagi o'zganing mulkini o'zlashtirish yo'li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan «Q.N.» UK sobiq rahbari R.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.