“Oʻzgidromet“ aholini sel kelish xavfidan ogohlantirdi

    Xavfsizlik 22 Aprel 2025 878

    Togʻ oldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrish soʻraldi.

    Shu yilning 23-24-aprel kunlari kutilayotgan yomgʻirlar yogʻishi sababli, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel kelish xavfi eʼlon qilindi.

    Jumladan:

    — Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
    — Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
    — Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
    — Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
    — Fargʻona viloyati: Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;
    — Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

    Respublikaning ayrim hududlarida yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin, — deyiladi xabarda.