“Oʻzgidromet” chang-toʻzon kuzatilishidan ogohlantirdi

    Shu yilning 13-oktyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

    Bu haqda «Oʻzgidromet» maʼlum qildi.

    Mazkur hududlarda istiqomat qiluvchi aholi hamda mehmonlardan ehtiyot choralarini koʻrishlarini soʻraymiz. Ochiq havodagi faoliyatlarini qisqartirishlari, xonadan tashqariga chiqqanda niqob taqishlari kerak», deyiladi xabarda.