21 dekabrda respublika hududlari boʻyicha shamol kuchayishi kutilmoqda:
Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Surxandaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha;
Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha, baʻzi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida kuchli shamollar kutilmaydi.
21-22 dekabrda respublikaning baʻzi joylarida yomgʻir yogʻadi, togʻ oldi va togʻli hududlarida kuchli boʻlishi mumkin.