27-28-oktyabr kunlari joylarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asta-sekin koʻtarilib, janubiy viloyatlarda harorat maksimumi +22 darajagacha isiydi.
Antitsiklon taʼsir ostida kechalari harorat sezilarli darajada sovuqroq boʻladi. Xususan, 27-oktyabr tunda Qoraqalpogʻistonning bir nechta tumanlarida harorat minimumi -2 daraja sovuqni tashkil etadi.
29-30-oktyabr kunlariga respublikaga yana gʻarbdan nam havo oqimlari kirib kelishi va ulardan vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik kuzatilishi prognoz qilinmoqda.
29-oktyabr kuni barcha viloyatlarda nam havo oqimidan yogʻinlar kutiladi.
30-oktyabr kuni shimoliy viloyatlardan tashqari boshqa viloyatlarda yogʻingarchilik saqlanadi.
29-oktyabr kechga borib, Toshkentda 12-14 mmgacha koʻp yogʻin kuzatilishi mumkin ekan. Bu haqida Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar bermoqda.