Jumladan, Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Dehqonobod va Qamashi tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Qumqorgʻon va Boysun tumanlarida;

Samarqand viloyati: Urgut, Bulungʻur, Qoʻshrabot va Nurobod tumanlarida;

Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Boʻstonliq tumanlari hamda Chotqol tizmasining “Chimyon” togʻlarida;

Jizzax viloyati: Zomin va Baxmal tumanlarida;

Namangan viloyati: Pop tumani va Qamchiq dovoni hududida;

Fargʻona viloyati: Soʻx va Fargʻona tumanlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.

Shuningdek, “Oʻzgidromet” togʻoldi va togʻli xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻragan.