Xabarda aytilishicha, Fargʻona vodiysi viloyatlarining togʻli hududlarida hamda Qirgʻizistonning vodiy bilan chegaradosh hududlarida kutilayotgan mahalliy yomgʻirlar hisobiga, 17–19-iyul kunlarida Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarining togʻ oldi va togʻli hududlarida sel kelish xavfi bor.

Shuningdek, Togʻ va togʻoldi hududlarida yashovchi fuqarolarga aholi ehtiyot choralarini koʻrish va noxush vaziyatlar vujudga kelganda FVVga murojaat qilish soʻralgan.