Qayd etilishicha, shu yilning 6-mart kuni shimolda va choʻl hududlarda, 7-8-mart kunlari respublikaning qolgan hududlarida baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Navoiy, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda baʼzida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.

7-martda va 8-martga oʻtar kechasi respublika boʻyicha yomgʻir yogʻadi. Togʻ oldi va togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Kunduzgi harorat 7-10 daraja iliqqacha pasayadi.