Shu sababli, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda:

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

"Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz", deyiladi xabarda.