Qordan pH (kislotalilik), elektr o'tkazgichlilik va ion tarkibini aniqlash uchun namunalar olingan. O'shanda qor qatlamlari qizg'ish loy rangida bo'lgan.

Ifloslangan qor yog'ishiga 4 noyabrda Qozog'iston janubida va 16 noyabrda Buxoro viloyatida kuzatilgan qum bo'ronlari sabab bo'ldi. Agar Toshkentda 14 noyabrda yog'inlar yog'ib havo tozalangan bo'lsa, Buxoro viloyatida esa yog'inlar bo'lmadi, deyiladi markaz xabarida.

17 noyabrda respublikaning butun xududiga shamolning tezlashishi va ba'zi joylarda qumli bo'ron bilan sovuq nam havo massasi kirib keldi.

SHamol tezligidan ko'tarilgan chang masofaga ko'chdi hamda tuproq va qum rangini bo'yab Toshkent shahriga cho'kgan.

Bu inson salomatligiga ziyon etkazmasligi hamda yog'inlargarchilik natijasida havoni tozalanishi sodir bo'lgani aytilmoqda.