Butun respublika boʼyicha qor yogʼishi kuzatildi, tekislik hududlarda birinchi barqaror qor qoplami hosil boʼldi.

Bugun kunduz kuni respublika hududining katta qismida sovuq ob-havo kuzatiladi, faqat Fargʼona vodiysi viloyatlarida qor yogʼadi. Harorat foni meʼyordan 5-7° ga past boʼladi va 2° sovuq-3° iliqdan yuqori boʼlmaydi.

Yil oxirigacha yogʼingarchilik kutilmaydi. Kechalari 28-29-dekabrda sovuqlar 3-8o sovuqgacha kuchayadi, 30-31-dekabrda 2° sovuq-3° iliqgacha koʼtariladi, ertaga kunduz kuni harorat 2-7° iliq boʼladi, 31-dekabrga kunduz kuni 8-13° iliqgacha koʼtariladi.

Shu kunlarda respublika boʼyicha baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.