Reyd jarayonida Mirzaobod tuman “Mirzachoʻl” SIU hududidan oqib oʻtuvchi zovurdan fuqarolar S.B va Q.R belgilangan miqdordan, yaʼni 5 kg dan ortiqcha bir turdagi jami 9 dona zogʻora baliqlarni ovlash natijasida ov qilish qoidalarini buzganligi holati aniqlandi.

Bu bilan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 1-qismi bilan huquqbuzarlik sodir etilgan deb topilib, bayonnoma rasmiylashtirildi hamda fuqarolarga nisbatan 1 350 000 soʻmdan jarima va 270 000 soʻmdan tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi.

Bu haqda Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati maʼlum qildi.