“Kredit-axborot tahliliy markazi“ kredit byurosi 2025-yil 6-iyun sanasidan ”jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritish yoki reyestrdan chiqarish boʻyicha" xizmatni joriy qilayotganligini maʼlum qildi.
Mazkur xizmat orqali jismoniy shaxslar oʻzlarining ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit bitimi rasmiylashtirilishining oldini olish uchun oʻzi bilan kredit bitimini tuzishni kredit byurosiga ariza kiritish orqali taqiqlash imkoniyatiga ega boʻladilar.
Bu oʻz navbatida bugungi kunda oʻsib borayotgan yaʼni, jismoniy shaxslarning xabarisiz kreditlar rasmiylashtirilishi holatlarining oldini olishga turtki boʻladi.