Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumanida yashovchi 45 yoshli (ayol) У.Ж. IIOga murojaat qilib, oʻzining bank kartasidagi 4.100.000 soʻm pullari nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Xorazm viloyatida tugʻilgan, Urganch shahrida yashovchi 25 yoshli Q.J sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan Қ.Ж., internet foydalanuvchilariga oʻzini Markaziy bankning «mutaxassis xodimi» sifatida tanishtirib, ularning ishonchiga kirish orqali bank karta maʼlumotlarini qoʻlga kiritib, bank kartalarida saqlangan pullarni oʻgʻirlab, qingʻir yoʻllar bilan boylik orttirib kelayotganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan К.Ж.га nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «b» bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.