“Matolarni qayta ishlashda titan dioksidi asosidagi maxsus katalizator ishlatiladi. Yorug'lik ta'sirida uning yuzasida faol oksidlovchi zarrachalar hosil bo'ladi va har qanday organik moddalar ular bilan o'zaro ta'sirlashganda karbonat angidrid va suvga parchalanadi, mikroorganizmlar va viruslar faolsizlanadi. Shu tarzda mato o'zini o'zi tozalaydi”, deb tushuntirdi NDU Kimyo texnologiyalari instituti ilmiy-o'quv markazi direktori Denis Kozlov.

Ishlab chiquvchilarning fikriga ko'ra, bunday mato tibbiyot xodimlari, laboratoriya xodimlari va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqararuvchi xodimlar uchun ish kiyimlarini tikishda ishlatilishi mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.