Larri darhol o‘zini sudga bergan va 300 ming dollar tovon puli undirib, g‘alaba qozongan.
Tovonni Larri bunday holatlardan o‘zini sug‘urta qilib qo‘ygan sug‘urta kompaniyasi to‘lab bergan.
- Baxtsiz hodisa mening egaligimdagi yerda sodir bo‘ldi, demak, bu holatga uy egalari sug‘urtasi javobgarlik qiladi”, — degan Rutman 18 aprel kuni sodir bo‘lgan hodisa haqida. - Ba’zi qo‘shnilarim buni bema’nilik deb aytishdi, lekin bunday o‘ylab ko‘rsangiz, bu juda mantiqiy. Axir men uzoq vaqtdan beri sug‘urta pulini to‘lab kelaman. Endi to‘lovlar qilish bekor emasligi isbotlandi, - degan erkak.