Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda OʻzTTSA qoshidagi “Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” DUK tomonidan xalqaro ekspert Vani Bamri Arora xonim ishtirokida oziq-ovqat xavfsizligini boshqarish tizimi boʻyicha uch kunlik oʻquv kurslari tashkil qilindi.
Taʼkidlash joizki, 7-iyun dunyo miqyosida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu kun yana bir marotaba global miqyosda bu masalaga jamoatchilikning eʼtibori qaratiladi.
Ayrim statistik maʼlumotlarni keltirib oʻtsak: yiliga dunyodagi har 10-odam ifloslangan mahsulot yoki ovqatdan kasallanadi. Oziq-ovqatdan zaharlanish holatlari huddi OIV/OITS va bezgak kabi tibbiyotga oʻz yuklamasini tushiradi. Bakteriya, virus, parazitlar yoki kimyoviy moddalardan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilish 200dan ortiq turdagi kasalliklarning kelib chiqishiga sabab boʻladi.Ushbu holatlar sifat nazorati tizimlari zimmasiga alohida masʼuliyat yuklaydi.
Sana oldidan tashkil qilingan mashgʻulotlar dasturi ISO 22003 “Oziq-ovqat xavfsizligini boshqarish tizimlari – Oziq-ovqat xavfsizligini boshqarish tizimlari auditi va sertifikatsiyasini oʻtkazuvchi organlarga qoʻyiladigan talablar” xalqaro standarti va IAF MD16:2015 “Oziq-ovqat xavfsizligini boshqarish tizimlarini sertifikatlashtiruvchi organlarni akkreditatsiya qilishda ISO/IEC 17011 standartini qoʻllash” majburiy hujjati talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Treningda 20 dan ziyod muvofiqlikni baholash organlari xodimlari va Markaz mutaxassislari ishtirok etmoqda. Oʻquv kurslarining birinchi kunida oziq-ovqat xavfsizligi masalasida akkreditatsiyaga qoʻyiladigan talablar, standart bandlarining tarkibiy, resurs va protsessual talablari izohlandi. Ishtirokchilarni sertifikatlashtirish belgilari, logo va brend masalalari, sertifikatlashtirish organining mulkiy huquqlaridan foydalanish ustidan tegishli nazoratni olib borish tartiblari kabi masalalar qiziqtirdi. Standart talablari boʻyicha mahsulotlarni qayta ishlash, xalqaro hujjatlar talabiga koʻra ularning sifatini baholashda alohida eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan bandlar muhokama qilindi.Interaktiv shaklda oʻtgan trening natijalari konstruktiv ravishda muhokama qilinadi va ushbu mashgʻulotlar har bir ishtirokchining ish faoliyatida xalqaro hujjatlardan malakali foydalanishida muhim qadam boʻladi.