Oziq-ovqat inflyatsiyasi 10 foiz chegarada qatʼiy ushlab turiladi

    Hukumat 23 Mart 2023 802

    Yigʻilish yakunida mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

    Jumladan:

    - aholiga boʻlib berilgan 200 ming gektar, dala chetlaridagi 50 ming gektar hisobidan 5 million tonna qoʻshimcha mahsulot yetishtirishni taʼminlash;

    - iqtisodiy instrumentlarni koʻpaytirib, hokim yordamchilari tizimi orqali ushbu yerlarda kooperatsiyani rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlash;

    - dehqon va fermerlarga qulay boʻlgan 250 million dollarlik kredit, lizing va sugʻurtaning yangi turlarini yoʻlga qoʻyish;

    - koʻp import boʻlayotgan 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini oʻzimizda ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha 1,8 trillion soʻmlik 2 mingta loyihani ishga tushirish;

    - bozorlardagi narx-navo oʻzgarishi va mahsulot kamayishini oldindan hisob-kitob qilish, oziq-ovqat inflyatsiyasini 10 foiz chegarada qatʼiy ushlab turish boʻyicha topshiriqlar berildi.

    Yigʻilish davomida hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisoboti eshitildi.