Jumladan:

- aholiga boʻlib berilgan 200 ming gektar, dala chetlaridagi 50 ming gektar hisobidan 5 million tonna qoʻshimcha mahsulot yetishtirishni taʼminlash;

- iqtisodiy instrumentlarni koʻpaytirib, hokim yordamchilari tizimi orqali ushbu yerlarda kooperatsiyani rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlash;

- dehqon va fermerlarga qulay boʻlgan 250 million dollarlik kredit, lizing va sugʻurtaning yangi turlarini yoʻlga qoʻyish;

- koʻp import boʻlayotgan 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini oʻzimizda ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha 1,8 trillion soʻmlik 2 mingta loyihani ishga tushirish;

- bozorlardagi narx-navo oʻzgarishi va mahsulot kamayishini oldindan hisob-kitob qilish, oziq-ovqat inflyatsiyasini 10 foiz chegarada qatʼiy ushlab turish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Yigʻilish davomida hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisoboti eshitildi.