Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlari oxirgi haftada Oʻzbekiston supermarketlarida isteʼmol tovarlari narxidagi oʻzgarishni tahlil qildi: tadbirkorlar berilgan imtiyozni isteʼmolchiga oʻtkazishda davom etmoqda.

Prezidentimizning 2023-yil 23-martdagi farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining vaqtinchalik nol stavkasi qoʻllaniladigan tovarlar roʻyxati eʼlon qilingan edi.

Tahlil uchun supermarketlardagi 100 turdagi 6 ming 486 ta isteʼmol tovari boʻyicha statistika “data-scraping” yoʻli bilan yuklab olindi. Har bir tovar turi boʻyicha narxlar 2023-yil 28-fevral, 31-mart va 7-aprel sanalari uchun solishtirildi.

Natijalar shuni koʻrsatadiki, shokolad mahsulotlari mart oyi oxirida fevral oyidagiga nisbatan 204 soʻmga va aprel oyida mart oyi oxiridagiga nisbatan 294 soʻmga, meva-sabzavot konservalari tegishli ravishda 650 soʻmga va 236 soʻmga, yogʻ 1737 soʻmga va 1733 soʻmga, shirinliklar 931 soʻmga va 199 soʻmga arzonlashgan.