Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari oxirgi haftada Oʻzbekiston supermarketlarida isteʼmol tovarlari narxidagi oʻzgarishni tahlil qildi: tadbirkorlar berilgan imtiyozni isteʼmolchilarga oʻtkazishda davom etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-martdagi PF-41-sonli Farmonida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining vaqtinchalik nol stavkasi qoʻllaniladigan tovarlar roʻyxati eʼlon qilingandi.
Tahlil uchun supermarketlardagi 100 turdagi 6483 ta isteʼmol tovarlari boʻyicha statistik maʼlumotlar web-scraping yoʻli bilan yuklab olindi. Har bir tovar turi boʻyicha 2023-yilning yettinchi, oʻn toʻrtinchi va 20-aprelidagi narxlar solishtirildi.
Natijalar shuni koʻrsatadiki, baliq mahsulotlari 14-aprelda 7-apreldagiga nisbatan oʻrtacha 188 soʻmga, 21-aprelda esa 7-apreldagiga nisbatan 3400 soʻmga, mevalar tegishli ravishda 36 soʻmga va 393 soʻmga, tort va shirinliklar 126 soʻmga va 257 soʻmga, un 333 soʻmga va 1375 soʻmga arzonlashgan.