AOKAda "Oʻzkimyosanoat" AJ axborot xizmati rahbari Rustambek Eshbekov ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi.
Unda Rustam Eshbekovning maʼlum qilishicha, oʻtgan 6 oyda “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarida korrupsion jinoyat sabab 23 nafar xodim jinoiy javobgarlikka tortilgan va 57 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Hisobot davrida jamiyat va tarmoq korxonalaridagi korrupsion jinoyatlar, noqonuniy oʻzlashtirish, rastrata, oʻgʻirlik, kamomad, qoʻshib yozish va boshqa qonunbuzilishlar boʻyicha jami 54 ta holat aniqlandi va ular boʻyicha tegishli tartibda xizmat tekshiruvlari oʻtkazildi.
Yuqoridagi qoidabuzarliklar boʻyicha 23 nafar xodim jinoiy javobgarlikka tortildi, 57 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi, 120 nafar masʼul xodimlarga turli intizomiy jazolar qoʻllanildi.
Buning oqibatida tizimga jami 14,8 mlrd soʻmlik zarar yetkazilganligi qayd etildi.
Shuningdek, oʻtgan hisobot davrida olib borilgan chora-tadbirlar natijasida yetkazilgan jami zararning 9,6 mlrd soʻmdan koʻprogʻi undirilishi taʼminlandi.