Unga koʻra, «Oʻzkimyosanoat» AJ ikki oy muddatda aktivlarning balans (qoldiq) qiymatida tegishli tashkilotlarga berilishini taʼminlaydi hamda ular boʻyicha har qanday xarajatlarning kimyo korxonalari tomonidan amalga oshirilishi man etiladi.

Qaror bilan shuningdek, ommaviy savdolarda sotiladigan aktivlar (koʻchmas mulk obyektlari) hamda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga davlat mulki sifatida balans (qoldiq) qiymatida beriladigan aktivlar roʻyxati tasdiqlandi.

Ommaviy savdolarda sotiladigan aktivlarni “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasida ommaviy savdolarga chiqarishning boshlangʻich narxi ularning (koʻchmas mulklar boʻyicha) balans va nominal (ulush boʻyicha) qiymatida, agar balans qiymati “nol”ga teng boʻlgan taqdirda, shartli “1 soʻm” etib belgilandi.