"O‘zmetkombinat": mahsulotlarning 80 foizi eksport qilindi

    Kombinat tarkibidagi rangli metallar ishlab chiqarish syexi 2006 yilda foydalanishga topshirilgan edi. Mana 17 yildirki syexda uzluksiz ravishda rangli metallar ishlab chiqarilib, iste’molchilarga yetkazib berilmoqda.

    Joriy yilning iyun oyida syex ishchi-xodimlari 260 tonna tayyor mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirgan edi. Amalda 80,3 tonna latun, 206,188 tonna mis, jami 286,488 tonna mahsulot tayyorlandi.

    Eng asosiysi, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning 80 foizi Qirg‘iziston, Rossiya va Turkiya davlatlariga yuklab jo‘natildi.