U bunga qadar investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. U mazkur lavozimga 2024-yil yanvarda tayinlangandi.
2021-2024-yillarda “Oʻzmetkombinat” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari — ijrochi direktor lavozimida ishlab kelgan.
Dilshod Axmedov (1972-yilda tugʻilgan) — I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti bitiruvchisi. Moskvadagi “Skolkovo” boshqaruv maktabida oʻqigan. Oʻzbekiston va Rossiyada ishlab chiqarishni tashkil etish hamda sanoat korxonalari aktivlarini boshqarish tajribasiga ega.