Lugʻat – oliy taʼlim muassasalarida oʻqish va ish yuritish jarayonida foydalaniladigan asosiy tushuncha va atamalar izohiga oid manba boʻlib, u oliy taʼlim muassasalari talabalari va magistrlari uchun moʻljallangan.
Shu bilan birga undan rahbar va boshqaruv tizimidagi xodimlar, boʻlim boshliqlari, fakultet dekanlari, dekan oʻrinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-oʻqiruvchilar, guruh murabbiylari va tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin.
Tuzuvchilar: Abdurahimov Qodirjon – OʻzMU dotsent v.b., psixologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), Yusubov Jamshid - OʻzMU dotsent v.b., siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD), Yusubov Jaloliddin - OʻzMU katta oʻqituvchisi, falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD).
Lugʻatda OTMlarda oʻqish va ish yuritish jarayonidagi oʻquv-uslubiy, ilmiy tadqiqot, “Ustoz-shogird” tizimi boʻyicha hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga oid 400 dan ortiq turli tushuncha va atamalarning mazmuni ochib berishga harakat qilingan.