Xususan, Oʻzbekiston Milliy universiteti QS World University Rankings EECAning 2022-yil uchun eʼlon qilgan reytingida 100 pogʻona yuqoriga koʻtarilib 251+ oʻrinni egalladi. Oʻtgan yili 351+ oʻrin olgan edi.
Akademik obroʻ koʻrsatkichi boʻyicha universitet +155 oʻrin bilan mintaqa boʻyicha eng kuchli natijaga ega boʻldi. Shuningdek, ilmiy nashrlarga iqtiboslik koʻrsatkichida 164 oʻrinni band etdi.