Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizda adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini yanada rivojlantirish hamda taniqli madaniyat va san’at namoyandalarining ijodini keng ommalashtirishga oid tashabbuslarini amalga oshirish, shuningdek,
“2023-yil 22-dekabrda oʻtkazilgan respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi”ning kengaytirilgan yigʻilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-yanvardagi 14-sonli majlis bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 27-dekabr kuni Toshkent shahridagi “Ma’rifat markazi” Simpoziumlar saroyida O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning ijodiy-ma’rifiy kechasi tashkil etildi.
Konsertda xonanda muxlislari sog‘ingan dilga yaqin qo‘shiqlarni yangicha talqinda, orkestr jo‘rligida kuyladi.
Ushbu topshiriqlar asosida 2024-yil davomida poytaxtdagi “Ma’rifat markazi” Simpoziumlar saroyida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq artisti, Munojat Yo‘lchiyeva, O‘zbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazov, O‘zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov va Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlari, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘qituvchilari ya’ni O‘zbekiston xalq artisti Xayrulla Lutfullayev, O‘zbekiston xalq hofizlari Beknazar Do‘stmurodov, Orolmirzo Safarov, Soyibjon Niyozov, Mashrab Ermatov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Hurriyat Isroilova, Ahmadjon Dadayev, O‘zbekiston xalq baxshilari Qahhor Rahimov, Boyqo‘chqor Ahmedov, Ochil Chorshanbiyev, Shodmon Xo‘jamberdiyev va Erkin O‘rolov, O‘zbekiston xalq hofizi Hasan Rajabiy va Rajabiylar sulolasi, O‘zbekiston xalq artistlari Furqat Ashuraliyev va Elmurod Ahmedovlarning ijodiy-ma’rifiy kechasihamda O‘zbekiston xalq hofizi Mahmudjon Tojiboyev va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilnura Qodirjonova xotira kechasi tashkil etildi.
Ushbu ijodiy-ma’rifiy kechada taniqli davlat va jamoat arboblari, yozuvchi-shoirlar, madaniyat va san’at namoyandalari, mahalla faollari, olimlar, talaba va o‘quvchilar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.