Ozodbek Nazarbekov AQSH elchisi bilan uchrashdi

    O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov AQSHning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Deniel Rozenblyum bilan uchrashdi.

    O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov AQSHning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Deniel Rozenblyum bilan uchrashdi.

    Muzokara chog'ida, o'zbek milliy maqomini va milliy musiqa madaniyatini dunyoga, jumladan AQSHda ham targ'ib qilish borasida fikr-mulohazalar almashildi. Shuningdek, AQSH tomoni O'zbekistonning madaniy meros ob'ektlarini restavratsiya qilish bo'yicha keng ko'lamli hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.

    Bundan tashqari, Deniel Rozenblyum Sharq taronalari Xalqaro musiqa festivaliga AQSHlik musiqachilarning ishtiroki xususida mamnuniyat bilan to'xtaldi.

    Uchrashuv davomida, madaniy meros ob'ektlarini asrab-avaylash, 2022-yilning boshida O'zbekiston va AQSH o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatilganligining 30 yilligiga bag'ishlangan madaniy tadbirlar tashkil etish, AQSHdagi O'zbekistonga oid madaniy meros va mulklarni yurtimizga qaytarishga amaliy yordam berish kabi masalalar muhokama etilib, samarali takliflar bildirildi, deb xabar bermoqda Madaniyat Vazirligi matbuot xizmati.