Ushbu tarixiy filmga mahoratli aktyor va aktrisalar jalb etilgan. Mazkur film jarayonlarining borishi va tashkiliy masalalar yuzasidan suhbatlashish maqsadida Oʻzbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Turkiya safarining ilk kuniyoq “Boʻzdagʻ film” rahbari, Mehmed Boʻzdagʻ bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Muloqot chogʻida oʻzbek xalqi ushbu filmni intiqlik bilan kutayotgani va bu serialdan oʻzbek xalqining ham umidi katta ekani taʼkidlandi.
“Asosiysi, ushbu filmni turkiy xalqlar tarixidan soʻzlovchi, uning madaniyati, insoniyligi kabi fazilatlarini namoyon eta oluvchi durdona asar sifatida qaralayotgan ushbu serialni nafaqat turkiy millatlar, balki, butun dunyo xalqlariga tuhfa eta olishimiz zarur. Jaloliddin Manguberdi obrazi juda nozik va biz uni uvol qilib qoʻymasligimiz kerak” - dedi Ozodbek Nazarbekov.