Vazirlik Matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, vazir Ozodbek Nazarbekov hamda “Qoʻqon davlat universiteti” masʼuliyati cheklangan jamiyati reklamaning aylanishi sohasida ishlar va xizmatlarni bajarish bilan bogʻliq shartnomalar rasmiylashtirilmagan.
Shuningdek, bildirilgan fikr va mulohazalar ilm-fanga uzviy ravishda uygʻunlashtirilgan va maqsadi daromad olishga qaratilmagan ijtimoiy foydali axborot ekani maʼlum qilindi.
Shu yilning 17-aprel kuni Ozodbek Nazarbekov Andijon viloyatida Kokand Universityʻning 150 dan ortiq talabalari va yoshlari bilan uchrashgan. Uchrashuvdan soʻng bir guruh universitet talabalari vazirdan universitetdagi sharoit va imkoniyatlar haqida yoshlarga soʻzlab berishni soʻragan. Ozodbek Nazarbekov videoda abituriyentlarga “ushbu imkoniyatdan foydalanib ilm olishlarini tavsiya etgan”, deyiladi Madaniyat vazirligi xabarida.
Qayd etilishicha, vazirning xatti-harakatlariga “Reklama toʻgʻrisida”gi qonun talablari tatbiq etilmaydi, universitet va Nazarbekov oʻrtasida ish bajarish yoki xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzilmagan.
«Ozodbek Nazarbekov tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar ilm-fanga uzviy ravishda uygʻunlashtirilgan va maqsadi daromad olishga qaratilmagan ijtimoiy foydali axborot ekanligini maʼlum qilamiz», — taʼkidladi Madaniyat vazirligi.