Bu haqda “Oʻzogʻirsanoatloyiha” bosh direktori Begzod Xazratqulov maʼlum qildi.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida Temur Malik va Buyuk ipak yoʻli koʻchalari kesishmasida joylashgan tunnel yoʻli devorining bir qismi oʻpirilib tushgan edi.
Shu bois, koʻprik harakat uchun xavfsiz deb topilgan va yaqin vaqt ichida transport harakati uchun ochilishi rejalashtirilmoqda.
Hozirda koʻchaning shikastlangan tayanch qismida oʻrganish va tiklash ishlari olib borilmoqda.
Toshkent shahar transport bosh boshqarmasining xabar berishicha, nosozlikni bartaraf etish ishlari davom etayotgani sababli mazkur hududda avtotransport harakati vaqtincha cheklandi.
Shu munosabat bilan ayrim avtobus yoʻnalishlariga vaqtincha oʻzgartishlar kiritildi:
- 49-sonli avtobus TTZ ASHB tomon harakatini Temur Malik – Sultoniya – Shoʻrtepa-2 – Shoʻrtepa – Temur Malik koʻchalari orqali amalga oshiradi;
- 128-sonli avtobus ikki tomonlama Temur Malik – Doʻrmon yoʻli – Mirzo Ulugʻbek – Temur Malik koʻchalari orqali harakatlanadi;
- 149-sonli avtobus ikki tomonlama Mingbuloq – Sh.Burxonov – Mirzo Ulugʻbek – Temur Malik koʻchalari orqali yoʻnaltiriladi.
Maʼlum qilinishicha, yoʻllardagi cheklovlar sabab transport tirbandligi ortishi va zarur hollarda yoʻnalishlarga qoʻshimcha oʻzgartishlar kiritilishi mumkin. Shuningdek, avtobuslar harakatidagi interval vaqti ham vaqtincha uzayishi ehtimoli bor.