Robot ozon generatoriga ega. Ozon viruslar, bakteriyalar va zamburug'larni o'z ichiga olgan patogenlarni 100% gacha zararsizlantirishga qodir. Robot ozonni yuqoriga qarab purkaydi, bu esa qo'l yetishi qiyin bo'lgan joylarni dezinfeksiya qilish imkonini beradi.
Qurilma ixcham qilib ishlangan. Shuningdek, u aloqa vositasi, hisoblagich, kamera va simsiz zaryadlash tizimi bilan jihozlangan. Robot balandligi 5 santimetrgacha bo'lgan to'siqlardan o'tib keta oladi.
Robot binolarni dezinfeksiya qilishi uchun taxminan bir soat vaqt sarflaydi. Biroq robot bilan bir joyda bo'lish tavsiya etilmaydi. Chunki robot kimnidir payqab qolsa, ishlashni to'xtatadi va bu haqda signal beradi.
Mazkur robot maktablarda sinfxonalar va umumiy ovqatlanish korxonalarini dezinfeksiyalashda ishlatilishi mumkin. Uning narxi 150 ming rubldan oshmaydi va 2023-yil oxirida uning birinchi partiyasini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Kattaroq joylarni dezinfeksiya qilish uchun uning kattalashtirilgan modelini ham ishlab chiqish mumkin, deyiladi mir24.tv saytida.