Jumladan, aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 39-umumtaʼlim maktabni otaliqqa olgan.
Jamiyat maktab maʼmuriyatining murojaatiga asosan, yozgi sport va futbol maydonida 720 mln soʻmlik toʻliq qayta qurish ishlarini amalga oshirib, foydalanishga topshirdi.
Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida joylashgan 15-umumtaʼlim maktabida ham 79 mln soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.
Yashnobod tumanidagi 103-maxsus maktab-internat ham doimiy otaliqqa olingan. Maktab-internat tarbiyalanuvchilari uchun turli bayramlarda tadbirlar tashkil etilib kelinmoqda. Jumladan oʻtgan yili yangi yil bayrami munosabati bilan maktab tarbiyalanuvchilari uchun 40 mln soʻmlik sovgʻalar taqdim etildi.
Bu kabi ezgu ishlar jamiyat tomonidan munazam ravishda amalga oshirib boriladi.