Mazkur yirik anjumanda 2021-2022-yillar kuz-bahor mavsumi uchun moʻljallangan tekistil sanoati mahsulotlari namoyish etilib, unda dunyoning yigirmadan ortiq mamlakatidan 700 dan ortiq brendlar ishtirok etdi.

Taʼkidlash joiz, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi eksportni ragʻbatlantirish agentligi tashabbusi bilan Oʻzbekiston ilk bor ishtirok etdi.

“Made in Uzbekistan” jamoaviy stendida “Oʻztoʻqimachiliksanoat” hamda “Oʻzcharmsanoat” uyushmalarining korxonalari oʻzining 1000 dan ortiq mahsulotlarini xorijiy hamkorlarga taqdim qilmoqda.

CPM — bu butun dunyo moda industuriyasining soʻnggi tendensiyalarini muhokama qilish, oʻzaro hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va yangi eksport bozorlariga kirib borish uchun moʻljallangan platforma sanaladi.

Feruza Muxtorovna