Paleolit davri ustaxonalari va neolit davriga oid yangi makon topildi

    Qizilqum cho'lining janubiy-sharqida joylashgan Oyoqog'itma botig'i atrofida olib borayotgan tadqiqotlar davomida neolit davriga oid yangi neolit makoni topildi.

    Samarqand arxeologiya instituti va Samarqand davlat universiteti mutaxassislaridan tarkib topgan guruh Qizilqum choʻlining janubiy-sharqida joylashgan Oyoqogʻitma botigʻi atrofida olib borayotgan tadqiqotlar davomida neolit davriga oid yangi neolit makonini topdi.

    Oyoqogʻitma-2 nomi bilan atalgan ushbu makonda 370 ta tosh buyumlar, mikrofauna, oxra va gulxan qoldiqlari aniqlandi.

    Shu bilan birga Qorasigir botigʻi yaqinida paleolit davriga oid bir qator (7 ta punkt) yangi toshga ishlov berish ustaxonalari topildi. Ushbu ustaxonalardan kulrang va jigarrangli kremniylardan hamda slaneslardan ishlangan koʻplab ishlov berilgan tosh buyumlar aniqlanib, texnik-tipologik jihatdan oʻrta paleolit davriga oid, deb hisoblanmoqda.

    Hozirda ekspeditsiya tadqiqot ishlarini davom ettirmoqda va yana muhim natijalarni qoʻlga kiritish rejalashtirilgan.