баннер
3 Mar 2025
23:14

    Panama Prezidenti AQSh Davlat kotibi bilan kanalga egalik masalasini muhokama qilishdan bosh tortdi

    Panama Prezidenti Xose Raul Mulino shanba kuni mamlakatga keladigan AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan Panama kanaliga egalik masalasini muhokama qilishdan bosh tortdi.

    “Kanalga [egalik masalasini muhokama qilishga] kelsak: buning iloji yo'q. Men muzokaralar olib borolmayman, ayniqsa kanal bo'yicha muzokaralar jarayonini boshlash masalasida. Masala yopilgan, kanal Panamaga tegishli”, dedi Mulino mahalliy televideniyeda namoyish etilgan haftalik matbuot anjumanida Amerika diplomatik departamenti rahbari bilan bo'lib o'tadigan muzokaralar haqida gapirar ekan.

    Rubio shanba kuni Panamaga boradi. Bloomberg manbalarga tayanib xabar berganidek, davlat kotibi Gvatemala, Kosta-Rika va Salvadorga ham borish niyatida.

    Panama Prezidenti Rubio bilan uchrashuv kun tartibi boyicha hali bir to'xtamga kelinmaganiga ishora qildi, deb xabar beradi tass.ru.

    “Bizda, albatta, kelishib olishimiz mumkin bo'lgan umumiy masalalar bor: migratsiya, giyohvand moddalar savdosi, pul yuvish, bozor mavjud bo'lgan AQShga bizning suvlarimiz orqali o'tadigan giyohvand vositalar eksportining oshishi”, dedi Mulino.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech