Virusologiya va biotexnologiya davlat ilmiy markazi “Vektor”ning Ekaterinburgdagi filiali rahbari Aleksandr Semyonov shu haqda so'z yuritarkan, pandemiyaning tugashi haqida gapirishda juda ehtiyotkor bo'lish kerakligini ta'kidladi.

“Dunyo bo'ylab emlashning juda past ko'rsatkichi saqlanib qolar ekan, biz 2022 yilda ham pandemiyaga qarshi kurashamiz va emlash bilan uni tugatish imkoniyatiga egamiz”, deya iqtibos keltiradi RIA Novosti Semyonov interv`yusidan. Uning ta'kidlashicha, agar vaktsinasiya jarayoni tezlashtirilsa, pandemiya ancha tez tugaydi.

Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, o'tgan yillar tajribasi, masalan Gonkong grippi pandemiya jarayonini yakunlash uchun ikki-uch yil vaqt kerakligini ko'rsatadi va bu birinchi navbatda ommaviy immunitet shakllanishi tezligiga bog'liq.